15Dek-2025
2025-yil 19-noyabr kuni ‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-o’qituvchilari «Mahorat darsi
Vazirlar Mahkamasining «Madaniyat ta’limi markazi» davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida» 2024-yil 20-dekabrdagi 862-son qarori ijrosini ta’minlash, bolalar musiqa va san’at maktablari, maktab-internatlarida tahsil olayotgan o’quvchilar uchun sog’lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning ijodiy faolligini oshirish maqsadida
2025-yil 19-noyabr kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-o’qituvchilari Nukus shahar Esjan baxshi nomidagi 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha «Mahorat darslarini o’tkazishdi. Sahna nutqi, Drama teatri va kino san’ati, Musiqali teatr san’ati va cholg’u ijrochiligi bo’yicha professor-o’qituvchilar maktab o’quvchilariga mahorat darslarini o’tkazdi va o’qituvchilari bilan ta’lim jarayonlari bo’yicha suhbatlar olib borishdi. Bu orqali tajriba almashuvini amalga oshirishdi.
Maktab direktori A.A.Erejepov institutning professor-o’qituvchilariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.
